“Turkiston bolalari” – Germaniyada o‘qigan talabalar haqidagi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi

Saqlash
16:36 / 22.01.2024 5749 1

O‘zbekiston davlat drama teatrida Go‘zaloy Matyoqubova qalamiga mansub “Turkiston bolalari”ikki pardali drama premyerasi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Pyesada Turkistonni ozod va obod ko‘rishni orzu qilgan, shu maqsadda kurashgan, jadidlarning ko‘magi bilan o‘tgan asrda Germaniyada o‘qigan talabalar haqida so‘z boradi. Talabalarning yoshlari, tanlagan, ilm olayotgan sohalari turli xil. Biroq ularning barchasini yagona maqsad birlashtirgan – Turkistonni yuksaltirmoq maqsadi. Ular bu maqsad yo‘lida bor kuchlarini sarflaydilar. Hatto aziz jonini garovga qo‘yadilar. Vatanning ertasini ozod, obod ko‘rish, kelajak avlodni ilmli bo‘lishi uchun tinmay mehnat qiladilar. Biroq ularni ham xuddi jadidlar singari sovet hukumatining qonli siyosati o‘z domiga tortadi. Maryam Sultonmurodovadan boshqa barcha talabalar jadid ma’rifatparvarlar qatorida sovet hukumatining qurboni bo‘ladi.

 

 

Olimjon Salimov badiiy rahbarlilidagi mazkur spektaklni yosh rejissor Rasuljon Tog‘ayqulov sahnalashtirgan.

 

 

Abduvahhob Murodiy qahramonini Azamat Hazratqulov, Sattor Jabborni Nodir Muhammadjonov, Xayriniso Majidxonovani Sabina Murotova, Ahmad Shukriyni Bekzod Zokirjonov, Sulton Matqulni Nodir Bekmurodov, Maryam Sultonmurodovani Husniyabonu To‘ramurotovalar gavdalantirdi.

 

 

Pesa Bahrom Irzaevning “O‘zbek yoshlari va xorijiy ta’lim” kitobi hamda Javlon Jovlievning “Qo‘rqma” romanidan foydalanilgan holda yozilgan.

 

1 Izoh

Дилсўз

00:01 / 30.01.2024

Жуда яхши спетакил менга ёқди шу озодлигимиз учун жонларидан кечганлар йғлаб кўрди ёш бўлсамда ўшаларни ичида яшадим

Izoh qoldirish

//