Jahon
Ijtimoiy tarmoqlarda yozgan «frontdagi xo‘rozlar» haqidagi posti tufayli Usmon Baratovga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining xabariga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasida (nafrat yoki adovatni qo‘zg‘atish, shuningdek inson qadr-qimmatini kamsitish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
«Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil dekabr oyida Baratov va boshqa shaxslar ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalarida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, shu jumladan, maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilarining qadr-qimmatini kamsituvchi postni joylashtirgan», deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.
Shuningdek, Usmon Baratov Moskva Tergov qo‘mitasi bo‘limiga olib kelingani xabar qilingan. Mazkur jinoyatni sodir etishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Baratov avvalroq ijtimoiy tarmoqda tuxum narxi haqida quyidagi postni joylashtirgan edi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q