Jahon
Qozog‘istonning pullik sun’iy yo‘ldosh va internet-televideniye operatori TVCOM bir qancha Rossiya telekanallarini o‘z efir setkasidan chiqarib tashladi.
“Axborot kun tartibiga ega kanallar sonini qisqartirish kampaniyasi doirasida “ПКВС Казахстан” MChJ oilasiga tegishli telekanallarni sun’iy yo‘ldosh va internet-televideniyasi tarmog‘idan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deya operator saytidagi bayonotga tayanib xabar bergan Kursiv nashri. Biroq Qozog‘iston Forbes nashri ushbu bayonot kompaniya veb-saytidan g‘oyib bo‘lganini yozdi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, TVCOM tomoshabinlari “media savodxonligining yuqori darajasiga erishganligi va yangiliklarni birinchi navbatda ijtimoiy tarmoqlar orqali bilayotgani” sababli tashkilot “yangiliklarni berib boruvchi xorijiy kanallar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishni” rejalashtirmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109739
Jamiyat
94117
Jamiyat
89907
Jamiyat
73106
Jamiyat
//
Izoh yo‘q