Qozogʻistonda 2023-yilda korrupsionerlardan musodara qilingan pulga 43 ta maktab qurildi

Saqlash
15:39 / 06.01.2024 1575 0

Korrupsionerlardan tortib olingan pullar Taʼlim infratuzilmasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobiga o‘tkazilgan.

 

2023-yilda korrupsionerlardan tortib olingan pullarga qurilgan maktablarning aksariyati Ostona, Olmaota va Turkiston viloyatlarida joylashgan, deya xabar berdi Qozog‘iston Ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

 

“Shunday qilib, mamlakatda uchta avariyali va 13 ta uch smenali maktab masalasi hal qilindi. Natijada hududlarda 54,4 mingta yangi o‘quvchi o‘rni paydo bo‘ldi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

 

Korrupsionerlardan tortib olingan pullar Taʼlim infratuzilmasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobiga o‘tkazilgan. Ushbu tashkilot tomonidan jami 76 738 oʻquvchi oʻrinli 62 ta maktab qurilishi moliyalashtirilgan. Loyihalarning umumiy qiymati 96 milliard tengedan ortiqni tashkil etgan. Mablag‘lar allaqachon mahalliy ijro hokimiyati organlarining hisob raqamlariga o‘tkazilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//