Ekspert mashina haydash paytida smartfondan qanday qilib xavfsiz foydalanish mumkinligi haqida ma’lumot berdi

Saqlash
23:01 / 13.08.2021 1211 0

        Sir emaski, mashina haydash paytida smartfondan foydalanish baxtsiz hodisalarga, jumladan, o'limga olib keladi. Content-review.com agentligi rahbari Sergey Polovnikov rulda qanday qilib telefonda xavfsiz aloqada bo'lish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

     — Mashina haydash paytida telefonda gaplashish va messenjerlarda SMS yozish taqiqlanadi. Buning uchun Yo'l harakati qoidalarida jarima belgilangan. Biroq ayrim odamlarning ish faoliyati gadjetga bevosita bog'liq bo'lishi mumkin, — dedi Sergey Polovnikov Sputnik radiosiga bergan intervyusida. Uning ta'kidlashicha, zamonaviy avtomobillar uchun xavfsizlik talablarini buzmasdan aloqada bo'lishga imkon beruvchi maxsus qurilmalar ishlab chiqilgan. Ammo afsuski, ko'plab haydovchilar bu qurilmalardan boxabar emas yoki ularga e'tiborsiz.

   — Rulda, hatto tirbandlikda ham siz ushbu qurilmalar orqali yo'ldan chalg'imay matnli xabarlar yuborishingiz mumkin, — deya qo'shimcha qiladi u. — O'rtacha konfiguratsiyadan boshlab barcha zamonaviy avtomobillar Android Auto va CarPlay tizimlariga ega. Bu Android smartfonlar uchun Google va iPhone uchun Apple tizimlari. Ularga smartfonni ulaganingizda ovozli "yo'riqchi" yordam beradi. Agar haydovchi SMS orqali xabar olsa yo'ldan chalg'imagan holda ovozli yo'riqchi xabarni o'qib eshittiradi. Bundan tashqari, u javobni aytib qaytarish imkoniyatiga ham ega. Bu tizimlar allaqachon hayotga tadbiq etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//