Jamiyat
Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida kollej direktori hokim oʻrinbosari tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bayonot berdi.
Bagʻdod tumani pedagogika kolleji zimmasiga yuklangan 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagan muassasa direktori tuman hokimining oʻrinbosari tomonidan kaltaklangani aytilgan. Voqea 14-noyabr kuni Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani hokimligi yigʻilishida roʻy bergani qayd etilgan.
“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim tizimiga masʼul sifatida holatni tashvishli deb baholaydi va keskin qoralaydi. Vazirlik hokim oʻrinbosarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi va bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar koʻrilishi kerak deb hisoblaydi”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, vazirlik gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etilishiga mutlaqo qarshi ekanligini, bunday holatlarga qarshi kurash, oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, professor-oʻqituvchilar, oʻquvchi-talabalar hamda boshqa xodimlar oʻrtasida doimiy tushuntirish ishlari olib borilishini maʼlum qildi.
“Agar taʼlim muassasalarida gazeta-jurnallarga majburiy obuna holatlari aniqlansa, qonun doirasida zarur choralar koʻrilishi haqida ham ogohlantirilgan”, deya qoʻshimcha qilingan vazirlik bayonotida.
Taʼlim muassasalari oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, muassasaga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida istagan va zarur deb hisoblagan bosma nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna boʻlishlari mumkin. Bunda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va oʻquvchi-talabalarni majburiy obuna qildirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q