Toshkentdagi ayrim koʻchalar 3 kunga yopiladi (roʻyxat)

Saqlash
15:38 / 06.11.2023 1444 0

Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning 16-sammitiga mezbonlik qiladi.

Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida 8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkent shahrining ayrim koʻchalarida harakatlanish cheklanadi. Jumladan,

1. Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur koʻchasi boʻylab Bobur – Shota Rustaveli chorrahasigacha;

2. Nukus – Bobur chorrahasidan Nukus koʻchasi boʻylab Movarounnahr koʻchasigacha;

3. Oybek – Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor koʻchalari;

4. Islom Karimov – Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov koʻchasi boʻylab Amir Temur – Islom Karimov chorrahasigacha;

5. Sharof Rashidov – Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov koʻchasi boʻylab Kichik halqa aylanma yoʻligacha;

6. Navoiy – Mustaqillik chorrahasidan Navoiy – Labzak chorrahasigacha;

7. Furqat – Beshyogʻoch chorrahasidan Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab Islom Karimov – Beshyogʻoch chorrahasigacha;

8. Olmazor – Islom Karimov chorrahasidan Olmazor koʻchasi boʻylab Navoiy koʻchasigacha.



 

Harakatlanish cheklangan koʻchalarda Tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
 

“Haydovchilardan shu kunlarda yoʻllarda tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya qilinadi”, — deyiladi IIBB matbuot xizmati xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//