Madaniyat
Shu kunlarda mohir sarkarda, davlat arbobi, ulkan adib hamda shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi mamlakatimiz va jahonda keng nishonlanmoqda.
Xususan, Ozarboyjonda shoir Ejder Ol tarafidan Bobur ruboiylari ozar tiliga oʻgirildi va mamlakat Yozuvchilar birligining “Mikri” nashriyotida chop etildi.
Ejder Ol ushbu kitobga yozgan soʻzboshisida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi bilan avvaldan tanishligini, uning “Boburnoma” asari va koʻpdan koʻp goʻzal gʻazallarini Ramiz Askar oʻgirmasida oʻqiganini taʼkidlagan.
Tarjimon 2018-yilda Toshkentga safari chogʻida shoir Usmon Azim uyida mehmonda boʻlib, “Yulduzli tunlar” videofilmida Bobur rolini ijro etgan Muhammadali Abduqunduzov bilan tanishgan.
– Muhammadali Abduqunduzov tomonidan Boburning “Gʻaribing Andijoniydir” nomli kitobi hadya etilganida menda mazkur ruboiylarni ozar tiliga oʻgirish niyati tugʻildi, – deydi Ejder Ol. – Boburni ozarchada soʻylatish jarayonida Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning qimmatli maslahatlarini olganimni alohida taʼkidlashni istardim. Oʻylaymanki, badiiy jihatdan mukammal va teran maʼnoga ega ushbu ruboiylar ozarbayjonlik sheʼriyat muxlislariga ham manzur boʻladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q