Sport
Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Quvonarlisi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Sovrinni OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov qabul qilib oldi.
Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda oʻzaro loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, tarixda ilk bor U-23 va U-20 Osiyo chempionatlari, shuningdek, OFKga aʼzo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblari konferensiyasi mamlakatimizda oʻtkazildi.
Qitʼa miqyosidagi turli saralash bahslari, klublar oʻrtasidagi turnirlar, ayollar futboli, CAFA musobaqalarida OʻFA faollik koʻrsatdi.
“Ushbu saʼy-harakatlar OFK tomonidan munosib eʼtirof etildi”, — deyiladi OʻFA xabarida.
Mazkur nominatsiyada gʻoliblik uchun Oʻzbekistondan tashqari, Eron va Yaponiya futbol assotsiatsiyalari ham daʼvogarlik qilgandi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73395
Jamiyat
//
Izoh yo‘q