Sport
Parijda 2023-yil uchun “Oltin toʻp” sovrinini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda jahonning eng yaxshi futbolchisi va yana bir qator nominatsiyalarda gʻoliblar aniqlandi.
“Inter Mayami” klubi va Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi asosiy mukofot — “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritdi.
36 yoshli hujumchi oʻtgan mavsumda terma jamoasi bilan jahon chempionatida gʻolib boʻldi va musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Shuningdek, Messi “PSJ” safida Fransiya chempionatida chempion boʻldi, Mayami klubi bilan esa MLS Liga Kubogida gʻolib chiqdi.
Shu tariqa Messi faoliyatida 8-marta jahonning eng yaxshi oʻyinchisiga aylandi. Bu rekord natija hisoblanadi.
Top-5 likdan “Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand (2), “PSJ”ning fransiyalik vingeri Kilian Mbappe (3), “Manchester Siti”ning belgiyalik havbeki Kevin de Bryuyne (4) va ispaniyalik tayanch yarimhimoyachisi Rodri (5) oʻrin olgan.
Marosimda yana bir qator nominatsiyalarda gʻoliblar eʼlon qilindi:
Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati (“Barselona” / Ispaniya)
Yilning eng yaxshi klubi — “Manchester Siti” (Angliya)
Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi — “Barselona” (Ispaniya)
Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi — Jud Bellingem (“Real”/Angliya)
Mavsumning eng yaxshi darvozaboni — Emiliano Martines (“Aston Villa”/Argentina)
Mavsumning eng yaxshi hujumchisi — Erling Holand (“Manchester Siti”/Norvegiya)
Insonparvarlik yordami uchun Sokratis sovrini — Vinisius Junior (“Real”/Braziliya).
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q