Siyosat
Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xoʻjaligi vazirligining yangi rahbariga aylandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Qarshi shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan oʻtayotgan yigʻilishda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlanishi haqida eʼlon qilindi”, — deyiladi xabarda.
Ibrohim Abdurahmonov 1975-yilda Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan. 1992-1997-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil olgan. 2001-yil AQSHdagi Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universitetini tamomlagan.
Faoliyatini 1997-yildan Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida boshlagan, 2002-2012-yillarda Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari, Genom texnologiyalar markazi laboratoriyasi loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan. 2012–2017-yillarda Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori boʻlgan, 2017-yilda Fanlar akademiyasi Kimyo-biologiya fanlar yoʻnalishi boʻyicha vitse-prezident v.b sifatida faoliyat yuritgan.
2017-yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish vazirligi rahbari etib tayinlangandi.
2022-yil dekabrida prezident farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi qoʻshib yuborildi va Abdurahmonov 2023-yil yanvaridan buyon yangi vazirlikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
U bu lavozimda Aziz Voitovning oʻrnini egallaydi. Voitov 2022-yil avgustidan buyon qishloq xoʻjaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q