Jamiyat
Turkiya poytaxti Anqara shahridagi “Kültür Ajansı” nashriyoti tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Qulman Ochilning “Erkekçe sözüm” (“Yigit soʻzim”) kitobi chop etildi.
Muallifning turli yillarda yozilgan “Nedur xayoling”, “Yigit soʻzim”, “Bir kapgir osh”, “Lafz”, “Qizil koʻrpacha”, “Oʻgʻri” singari oʻndan ortiq hikoyalari kitobdan joy olgan. Asarlarni turk tiliga yozuvchi va tarjimon Rustam Jabborov tarjima qilgan.
Kitob Turkiya Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan Jahon soʻz akademiyasining raisi, taniqli adib, filologiya fanlari doktori, professor Xayriddin Ivgin tahriri ostida nashr etildi.
Xayriddin Ivgin soʻzboshida taʼkidlaganidek, “Bu yorugʻ olamda kitob nomligʻ moʻjizaning oʻrnini hech narsa bosolmaydi. Koʻnglingizga oydinlik, hayotingizga mazmun olib kiradigan buyuk moʻjiza u. Adibning “Yigit soʻzim” kitobi ham qalblarga nur va ishonch bagʻishlaydigan ana shunday moʻjizalardan biri ekaniga shubham yoʻq”.
Yangi nashr Turkiyadagi kitob doʻkonlarida sotuvga chiqariladi, kutubxonalar, taʼlim maskanlari, ijodiy tashkilot va uyushmalarga tarqatiladi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
110070
Jamiyat
94313
Jamiyat
90174
Jamiyat
73499
Jamiyat
//
Izoh yo‘q