Qirgʻizistonlik model buvasining choponi va buvisining roʻmoli bilan mashhur boʻldi

Saqlash
10:23 / 16.03.2026 57 0

Qirgʻizistonlik model Shodiya Isayeva mashhur, xalqaro Vogue moda jurnalida qahramonga aylandi. Uning Seulda boʻlib oʻtgan moda haftaligidagi obrazi tomoshabinlar orasida rezonansga sabab boʻldi, deb xabar berdi Qirgʻizistonning Ozodlik ruhi mahalliy nashri.

 

Isayeva moda namoyishida buvasining choponi va buvisining roʻmoli bilan oʻzgacha qiyofa tayyorladi. Shodiyaning soʻzlariga koʻra, unda toʻlaqonli milliy kostyum boʻlmagan. Shu sababli, yaqinlaridan qolgan buyumlardan obraz yaratishiga toʻgʻri kelgan. Aynan shu samimiylik va shaxsiy hikoya modelning podiumdagi chiqishini unutilmas namoyish sifatida koʻrsatdi.

 

Model bunchalik katta eʼtibor kutmaganini taʼkidlab, ajiotajga sabab boʻlgan ushbu chiqishini hayotidagi eng yorqin hodisalardan biri boʻlganini qayd etadi va hissiyotlari bilan boʻlishadi:

 

... ha, men shokdaman! Barcha yangilik saytlari, nashrlar, Telegram va telekanallar men haqimda gapirayotganini haligacha aqlimga sigʻdirolmayapman. Koʻplab xabarlar, komplimentlar va iliq fikrlar olyapman”, – deydi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//