Surayyo Rahmonova Oliy Majlisning bola huquqlari boʻyicha vakili (bolalar ombudsmani) lavozimiga tasdiqlandi

Saqlash
19:45 / 10.10.2023 1217 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi seshanba kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Surayyo Rahmonovani bola huquqlari boʻyicha vakil (bolalar ombudsmani) lavozimiga sayladi. Bu haqdagi qaror tasdiqlash uchun Senatga yuborildi.

Huquqshunos Surayyo Rahmonova bunga qadar Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, soʻng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi sifatida ishlagan.

Surayyo Rahmonova (1978-yilda tugʻilgan) 2000-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatini, 2002-yilda magistraturasini tamomlagan. Dotsent (2015), yuridik fanlar doktori (2018).

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasida oʻqituvchi va katta oʻqituvchi (2013−2014), kafedra dotsenti v.b. (2014−2015), Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqiy tadqiqotlar markazi mudiri (2015−2017), markaz katta ilmiy xodimi (2017−2018), Bosh prokuraturaning Oliy oʻquv kurslari kafedrasi oʻqituvchisi lavozimlarida ishlagan.

2020-yil fevral oyidan boshlab Aliya Yunusova bolalar ombudsmani lavozimida ishlab kelayotgandi. Sentyabr oyining oʻrtalarida u bu lavozimni tark etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//