Oʻzbekistonda qizlar koʻpmi yoki oʻgʻil bolalar? Oʻtgan 9 oyda qancha tugʻilish qayd etilgani maʼlum qilindi

Saqlash
15:02 / 10.10.2023 1116 0

Oʻzbekistonda 9 oyda 716 885 nafar tugʻilish qayd etilgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDY organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida 716 885 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

 

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan. 2023-yilning 9 oyida tugʻilganlarning 371 597 nafarini oʻgʻil bolalar tashkil etgan boʻlsa, 345 288 nafari esa qiz bolalar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//