Jamiyat
TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasida keltirib oʻtilgan.
Oʻzbekistonda 2021-yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga cheklov qoʻyilgandi. Bunga “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan 27-1-modda sabab boʻlgandi. Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiga doir maʼlumotlar jisman Oʻzbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlanishi belgilangan. Bu talabni ayni paytgacha birorta global ijtimoiy tarmoq bajargani maʼlum emas.
2021-yilning 3-noyabrida Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlariga ham toʻsiq qoʻyilgan va bu katta rezonansni keltirib chiqargan edi. Natijada toʻsiq shu kunning oʻzida olib tashlanib, qator mansabdorlar ishdan olingandi.
Ayni paytda Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida faqat TikTok qolgan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111048
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74522
Jamiyat
//
Izoh yo‘q