Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Isroil-Falastin mojarosi boʻyicha bayonot berdi. Bayonotda vazirlik mavjud vaziyatda tinch aholi orasida koʻplab qurbonlar uchrayotganidan xavotirdaligini bildirgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Falastin-Isroil mojarosi hududida tinch aholi orasida koʻplab qurbonlarga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildiradi.
Biz kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni koʻrishga chaqiramiz”, – deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, vazirlik soʻnggi voqealarda halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirgan va barcha jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilagan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
112436
Jamiyat
95097
Jamiyat
91317
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q