Jamiyat
Suv taʼminoti tizimidagi sarf-xarajatlarning keskin ortganligi munosabati bilan poytaxtda ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda.
“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ xabariga koʻra, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 soʻm, oqova suv narxi esa 1000 soʻm, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 soʻm oqava suv narxini esa 2200 soʻm etib belgilash boʻyicha takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etilgan.
Taʼkidlanishicha, Toshkent shahridagi oshishi kutilayotgan suv va kanalizatsiya narxlari Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda. Deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib suv va kanalizatsiya narxlari oshish sanasi haqida qoʻshimcha maʼlumot taqdim etib boriladi.
Bundan avval Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar boʻyicha yangi tariflar tasdiqlangandi. Andijon viloyatida esa 19-sentabrda tasdiqlangan tariflarga koʻra narxlar oʻzgargan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q