Hafta oxirida havo keskin sovuqlashadi. Ayrim joylarda qor yogʻadi

Saqlash
17:09 / 09.10.2023 1329 0

“Oʻzgidromet” 9–13-oktabr kunlariga ob-havo prognozi eʼlon qildi.

9–11-oktabrda Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va oʻrtacha iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari 11-16 daraja, kunduz kunlari 25-30 daraja boʻladi.

11-oktabrda respublikamizning shimoli-gʻarbiy hududlariga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda shamol tezligi kuchayadi. Havo harorati 12-17 darajagacha pasayadi.

12–13-oktabr kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 12-oktabrda, shuningdek, 13-oktabrda kechasi va ertalab respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 13-oktabrda kunduzi faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi. Shamol tezligi baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda 2-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 darajagacha pasayadi.

Respublikaning togʻli hududlarida 12–13-oktabr kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanadi) boʻladi.

Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi.

Poytaxtimizda havo oʻzgarib turadi, 9–11-oktabr kunlari yogʻingarchilik kutimaydi, 12-oktabrda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, 13-oktabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi.

Harorat: 9-oktabrda 25-27 daraja, 10–11-oktabrda kechasi 12-15 daraja, kunduzi 27-29 daraja, 12-oktabrda kechasi 14-16 daraja, kunduzi 24-26 daraja, 13-oktabrda kechasi 6-9 daraja, kunduzi 12-15 daraja boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12–13-oktabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//