Jamiyat
“Oʻzgidromet” dam olish kunlariga ob-havo prognozi eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston shimoli-gʻarbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keldi, bugun esa nam havo massalari respublika barcha hududlariga tarqalmoqda.
Bugun kunduzi va 7-oktabrga oʻtar kechasi hududning katta qismida bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechagi kunga nisbatan +6...+8 darajaga past boʻlib, +18...+23 darajani tashkil etadi.
Ertaga kunduzi nam havo massasi Oʻzbekiston hududidan chekina boshlaydi va respublika boʻyicha yana yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat ertalabki soatlarda markaziy va sharqiy viloyatlar ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Yakshanba kuni barcha hududlar boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi.
Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi va yakshanba kuni +22...+27 darajani tashkil etadi. Kechasi va ertalab salqin kuzatiladi, havo harorati +9...+14 daraja atrofida boʻladi.
Respublika togʻoldi va togʻli hududlarida 6-8-oktabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 6-7-oktabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Poytaxtda havo oʻzgarib turadi, 6-oktabrda va 7-oktabr kechasi vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 7-oktabrda ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. 8-oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +11...+14 daraja, 6-oktabrda kunduzi +21...+23 daraja, 7-8-oktabrda +23...+26 daraja boʻladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q