Jamiyat
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 10 nafar sanʼatkor haqida maʼlumot beruvchi portalni yaratish va amaliyotga tatbiq etish uchun salkam yarim milliard soʻm mablagʻ sarflamoqda. Bu haqda vazir 2023-yilning 15-sentabr kuni buyruq chiqargan.
Taʼkidlanishicha, mazkur portalda davlat mukofotlari bilan taqdirlangan madaniyat va sanʼat sohasi vakillari haqida maʼlumotlar jamlanadi.
Vazir buyrugʻiga koʻra, loyiha pasporti va konsepsiyasini ishlab chiqishga 30 million soʻm sarflansa, loyiha texnik topshirigʻini ishlab chiqish uchun 40 million soʻm ajratilgan. Vazirlik portalning axborot tizimi dasturiy qismini ishlab chiqish uchun 30 kun vaqt berib, bu mehnat uchun 165 million soʻm mablagʻ atagan.
Shuningdek yana bir katta xarajatlardan biri 85 million soʻm boʻlib, evaziga axborot tizimi arxitekturasini ishlab chiqish masʼuliyati yuklatiladi. Axborot tizimini boshqa tizimlar bilan integratsiya qilishga 60 million soʻm beriladi.
Vazirlikning uzil-kesil tan olishicha xizmat koʻrsatishning umumiy qiymati QQSni hisobga olmaganda 488 million soʻmni tashkil qilmoqda.
Qayd etish kerak, bunga qadar ham vazirlik tomonidan 15 milliard 514 million 900 ming soʻmga 2 ta maxsus avtomobil xarid qilingani jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgandi. Oʻshanda vazirlik mazkur xarid prezident qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan deya izoh bergandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q