Jamiyat
Oʻzbekistonda endi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 kilometr/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi. Bu haqda IIV JXD YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoʻl harakati qoidalariga koʻra, tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oldidagi yoʻllarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Avvalroq qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositasini boshqarishida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi qoidabuzarliklarni ham aniqlashi joriy qilingani haqida xabar berilgandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q