Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrif doirasida Qozon shahrida Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari keyingi yillarda oʻzaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Savdo va investitsiyalar hajmi oshib bormoqda. Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda, Jizzax viloyatida texnopark qurilishi davom etmoqda.
Kimyo tarmogʻi va mashinasozlikda yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jizzax shahrida Qozon federal universitetining filiali ishlamoqda. Kuni kecha Qozon shahrida oʻtgan uchinchi Oʻzbekiston—Rossiya hududlararo hamkorlik forumining yakunlari, jumladan, Oʻzbekiston hududlarida Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan yangi sanoat parklarini tashkil etish boʻyicha erishilgan kelishuvlar qayd etildi.
Metallarga ishlov berish, axborot-kommunikatsiya, uy-joy kommunal sohalarida istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, taʼlim, turizm va yoshlarga oid siyosatda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida muhim yoʻnalishlar boʻyicha amaliy sheriklik loyihalarini qoʻshma “yoʻl xarita”lari asosida ilgari surishga kelishib olindi.
Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev Qozondan Moskvaga yoʻl oldi.
Rossiya poytaxtining “Vnukovo-2” aeroportida davlat rahbarini Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari — sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga Oʻzbekiston va Rossiya davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 6-oktabr kuni ikki mamlakat yetakchilari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazadi. Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q