Siyosat
5-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarida bugungi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga erishilishida Emomali Rahmonning hissasi alohida qayd etildi.
Faol muloqot va almashinuvlar rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda. Savdo, investitsiyalar, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Dushanbe shahrida 14-15-sentyabr kunlari oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi yubiley sammitining samarali yakunlari yuksak baholandi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
110961
Jamiyat
94492
Jamiyat
90424
Jamiyat
74432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q