Jamiyat
“Darakchi plyus” gazetasi (“Darakchi” nashrining rus tahririyati) jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan soʻng 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda nashrning oʻzi maʼlum qildi.
“Marhumani butun respublika, ayniqsa, Namangan viloyati isteʼdodli jurnalist sifatida yaxshi bilardi. U hech ham charchamaydigan, serharakat, respublikadagi barcha tadbirlarda faol, jamoada barchaga mehribon va aqlli inson edi”, — deb yozadi uning jamoasi.
Suriya Magdeyeva Toshkentga kelishidan oldin Namangan viloyatida yashagan va “Namangan haqiqati” gazetasida ishlagan.
U “Darakchi plyus” gazetasining rivojlanishida oʻzining beqiyos hissasini qoʻshdi. U ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, sogʻliqni saqlash, inklyuziv taʼlim haqida koʻp yozardi, maktab muammolarini yoritgan, son-sanoqsiz intervyular olgan, press-turlarda va matbuot anjumanlarida esa faol qatnashardi, — deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112160
Jamiyat
94844
Jamiyat
90914
Jamiyat
75698
Jamiyat
//
Izoh yo‘q