Jamiyat
Oʻzbekistonda 2023-yilning 9 oyida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bogʻliq 2427 ta huquqbuzarlik qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu holatlarda 714 tup qimmatbaho navli daraxt noqonuniy kesilgan. Taʼkidlanishicha, Qizil kitobga kiritilgan oʻsimliklar rejasiz va nazoratsiz yigʻib olinishi sababli tabiiy zaxiralar va populyatsiyalarning oʻsish maydonlari qisqarmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati “Bobotogʻ” davlat oʻrmon xoʻjaligi hududida iyul-sentyabr oylarida 11 550 tup tabiiy holda oʻsuvchi tojik kavragi dorivor oʻsimligi noqonuniy kesilib, tabiatga 5,7 mlrd soʻm zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, oʻrmon fondi yer uchastkalarini qonunchilik hujjatlari talablariga zid ravishda ijaraga berish holatlari aniqlanib, 18 ta jinoyat, 46 ta maʼmuriy va 23 ta intizomiy ishlar qoʻzgʻatildi hamda noqonuniy egallangan 1539 gektar yerlar oʻrmon fondi hisobiga qaytarildi.
Umuman nazorat tadbirlari davomida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida mutasaddi idoralarga 107 ta taqdimnoma kiritildi.
206 ta noqonuniy hujjatga protest keltirildi, sudlarga 4 ta daʼvo arizasi kiritildi, 304 nafar shaxs maʼmuriy va intizomiy javobgarlikka tortildi, qoʻpol qonun buzilishi holatlari boʻyicha 7 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi hamda 228 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi, deyiladi xabarda.
Oʻzbekistonda 2023-yilning birinchi yarmida 2 mingdan ortiq daraxt va butalarni noqonuniy kesish holatlari aniqlangan va tabiatga yetkazilgan zarar 3,6 mlrd soʻmni tashkil etgandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q