Jamiyat
Oʻzbekistonda Pensiya jamgʻarmasining hududiy tuman (shahar) boʻlimlari hisobida turib pensiya olayotgan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari 97 nafarni tashkil qiladi (ularning 11 nafari yoki 11,3 foizi ayollar).
Shundan 28 nafari 100 yosh va undan katta (3 nafari ayol) boʻlsa, qolgan 69 nafari 94-99 yosh oraligʻida (8 nafari ayol).
Pensiya jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga pensiyasidan tashqari quyidagi ustama haq, kompensatsiya va qoʻshimchalar toʻlanadi:
pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi miqdorida ustama haq – 520 500 soʻm har oyda;
100 yoshga toʻlgan va 100 yoshdan kattalarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida – 347 000 soʻm har oyda;
pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash uchun kompensatsiya puli – 173 500 soʻm har oyda;
BHMning 100 foizi miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena mahsulotlari oʻrniga qoʻshimcha toʻlov – 330 000 soʻm har oyda;
BHMning 1500 foizi miqdorida bepul yetkazib beriladigan kiyim bosh hamda oyoq kiyim tovarlari oʻrniga kompensatsiya puli – 4 950 000 soʻm bir yilda bir marotaba.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q