Ilm-fan
Joriy yil 28-sentabr — 2-oktabr kunlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, senator Azamat Ziyoning Italiyaga amaliy tashrifi tashkil etildi.
“Dunyo” agentligining yozishicha, tashrif davomida Neapol sharqshunoslik universiteti, La Sapienza universiteti olimlari hamda Italiya Markaziy davlat arxivi va Sandro Teti Publishing House nashriyot uyi mutasaddilari bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazilgan.
Neapol sharqshunoslik universiteti professori Mikele Bernardini Italiyada Amir Temur va temuriylar davriga oid koʻplab tarixiy manbalar mavjudligini taʼkidlab, Genuya, Venetsiya va Rim arxivlaridan jiddiy izlanishlar qilish zaruriyatini bildirdi. U Italiyada mazkur davrga oid tarixiy manbalarni oʻrganish va ularning katalogini shakllantirishda amaliy yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Neapol sharqshunoslik universiteti oʻrtasida amaliy hamkorlik oʻrnatish, ilmiy akademik almashinuvlarni yoʻlga qoʻyish, “Oʻzbekiston va Italiya sharqshunos olimlar klubi”ni tashkil etish, Italiyada Amir Temur va temuriylar merosiga oid anjumanlar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi.
Azamat Ziyoning La Sapienza universiteti professori Magda Pedachi bilan kechgan muloqoti chogʻida Amir Temur hayoti va davlatchiligi, 20 asrda turkistonliklarning Yevropadagi hayoti, shu jumladan Ikkinchi jahon urushi davrida oʻzbekistonlik askarlarning Italiya partizanlari bilan birgalikda fashistlarga qarshi kurashda ishtiroki toʻgʻrisida fikr almashildi. Magda Pedache qadimgi Turkiston hududi, Markaziy Osiyo va Oʻrta Yer dengizi boʻyicha maʼlumotlar saqlanadigan Italiya muassasalari hamda tadqiqotchilari bilan hamkorlik oʻrnatishda koʻmak koʻrsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q