17 yoshli Sharifa Davronova Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻldi

Saqlash
23:00 / 04.10.2023 1542 0

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida oltin medalga sazovor boʻldi.

17 yoshli sportchimiz qayd etgan 14.09 metr natijani hech bir raqibi yangilay olmadi va Davronova Osiyo oʻyinlari chempionligiga erishdi.

Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) esa yunon-rum kurashi boʻyicha oltin medalga ega chiqdi.

Hamyurtimiz final bellashuvida eronlik Nosir Alizodani magʻlub etib, musobaqa chempioniga aylandi.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Halokov ham finalchilar qatoridan joy oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz yarim finalda xitoylik Ding Lyuni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu gʻalaba final bilan birga yurtdoshimizga Parij-2024 yoʻllanmasini ham taqdim qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//