Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-7-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari boʻlib oʻtadi. Davlatimiz rahbari Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashadi.
Boʻlajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Tataristonga tashrif buyurib, respublika Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara oʻtkazishi koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Анвар
18:10 / 05.10.2023
Савдо сотиқ алоқаларини янада ривожлантириш зарур