Ertaga harorat 34 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Saqlash
20:15 / 04.10.2023 1356 0

“Oʻzgidromet” 5-oktabr, payshanba kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+15 daraja, kunduzi +27...+29 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +29...+34 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//