Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi 3 oydan buyon oylik maoshi olmayotganligi haqida audioyozuv tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, “Toshshahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi filiallarida xizmat koʻrsatuvchi avtobus haydovchilarining oylik maoshlari quyidagi tartibda hisoblanadi:
Ishlangan oy tugagach keyingi oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar haydovchilarning 1 oyda ishlagan ish soati, bajargan qatnovlar soni, muntazamligi hisoblab tekshiriladi.
Keyin esa haydovchining bir oy davomida yoʻnalishda harakatlangan vaqtda sodir etgan qoidabuzarliklari tekshiriladi.
Barcha maʼlumotlar yigʻilgandan soʻng, keyingi oyning 10-sanasidan oylik maoshining aniq hisobi chiqariladi. Shundan soʻng, belgilangan oylik maoshlari haydovchilarga toʻlana boshlaydi.
Murojaatda keltirilgan maʼlumot, yaʼni avtobus haydovchisi 3 oydan buyon oylik maoshi olmayotganligi haqidagi maʼlumot yolgʻon ekanligi maʼlum qilindi.
“Ayni paytda “Toshshahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi filiallari haydovchilarining faqatgina avgust oyi uchun qisman qarzdorliklari mavjud boʻlib, hafta yakuniga qadar toʻliq qoplanishi belgilanganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi munosabatda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q