Madaniyat
“Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Eron madaniyat vazirining oʻrinbosari, Kino tashkiloti rahbari Muhammad Xazaiy boshchiligidagi ushbu davlat delegatsiyaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat va kino sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi tarixiy aloqalarni inobatga olib, Alisher Navoiy va Sharofiddin Ali Yazdiy kabi buyuk ajdodlar haqida hamkorlikda filmlarni suratga olish masalalari xususida fikr almashildi.
Muhammad Xazaiy, shuningdek, Oʻzbekiston va Eronda oʻzaro kino haftaliklarni oʻtkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi va Eron Kino tashkiloti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q