Siyosat
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xorijiy tashriflardan asosiy maqsadlar nimalar ekani haqida maʼlumot berdi.
Sherzod Asadovning taʼkidlashicha, oʻtgan bir oy Shavkat Mirziyoyev faoliyati tashqi siyosiy tadbirlarga nihoyatda boy boʻlgan. Xorijiy tashriflardan asosiy maqsadlardan biri Oʻzbekistonda ish oʻrinlarini koʻpaytirish ekani aytildi.
“Oxirgi bir oyda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev faoliyati tashqi siyosiy tadbirlarga nihoyatda boy boʻlmoqda. Intensiv va samarali xorijiy tashriflarning guvohi boʻlyapmiz. Maʼlumki tashqi siyosat bu — mamlakatning ichki siyosatidan, ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Ushbu tashrif va xalqaro muloqotlardan asosiy maqsadlar, avvalambor, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini maksimal ishga solish bilan birga xorijiy investitsiyalarni jalb qilib Oʻzbekistonda ish oʻrinlarini koʻpaytirish. Umuman aholi farovonligini oshirish va bu orqali inson qadrini ulugʻlash”, — deydi Sherzod Asadov.
Qayd etish kerak, Shavkat Mirziyoyev birgina sentyabr oyida Tojikiston, AQSH, Germaniya kabi davlatlarga amaliy tashrif bilan bordi. Oktyabr oyi boshida esa Qatar poytaxti Dohada boʻldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q