Jamiyat
Oʻzbekiston mobil internet narxi boʻyicha dunyoda 22-oʻrinni egalladi. Bu haqda Cable portali maʼlumot bermoqda.
Oʻzbekistonda mobil internetdan foydalanuvchilar 1 gigabayt uchun oʻrtacha 0,30 dollar toʻlaydi. Bu koʻrsatkich boʻyicha mamlakat Markaziy Osiyoda 2-oʻrinni egallagan (dunyo boʻyicha 22-oʻrin).
1-oʻrinda — 0,17 dollar bilan Qirgʻiziston, keyingi pogʻonalarda — Qozogʻiston (0,41 dollar), Afgʻoniston (1,02 dollar), Tojikiston (1,65 dollar) va Turkmaniston (11,42 dollar).
Dunyo boʻylab eng arzon mobil internet Isroilda — 0,02 dollar.
Oʻzbekiston 2022-yilda dunyodagi simli internet tezligi boʻyicha reytingda 155-oʻrinda boʻlgan. 2023-yilda natijalar oʻzgarib, 131-oʻringa koʻtarilgan.
Bunda, bir yil avvalgi reytingga nisbatan 24 pogʻonaga oʻsish boʻlgan. Oʻzbekistondagi simli internet tezligi 21,67 Mbit/s ekani qayd etilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q