Hafta oxirida yomgʻir yogʻadi

Saqlash
16:58 / 03.10.2023 1451 0

Oʻzgidromet 4–6-oktabr kunlari uchun ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, respublikaning shimoli gʻarbida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 5–6-oktabr kunlari baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi esa 25-30 daraja iliq atrofida boʻladi.

Respublika janubida esa havo oʻzgarib turadi, 4–5-oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 6-oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-oktabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi esa 4–5-oktabrda 27-32 daraja iliq boʻladi.

Shimoli-sharq hududlarda ham havo oʻzgarib turadi, 4–5-oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 6-oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-oktabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 4–5-oktabrda 23-28 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 4-oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 5–6-oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//