Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida 29-sentabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Uchrashuvda konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida taʼminlashning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari oʻz soʻzida “Markaziy Osiyo — Germaniya” formatidagi hamkorlik istiqbollariga alohida toʻxtaldi. Amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga, eng avvalo yuksak texnologiyalar va innovatsion rivojlanish, transport kommunikatsiyalari, “yashil” energetika, kasbiy taʼlim, faol madaniy va akademik almashinuvlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Yoshlarimizda nemis tiliga qiziqish ortib borayotgani taʼkidlandi – bugungi kunda yurtimizda uni qariyb 300 ming nafar maktab oʻquvchilari va talabalar oʻrganmoqda.
Suhbatda Germaniya Federal Prezidenti Oʻzbekiston yetakchisini Berlin shahridagi dunyoga mashhur Jeyms Simon galereyasida noyob madaniy-tarixiy koʻrgazma muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi. Bir necha oy ichida koʻrgazmaga 200 ming nafar berlinliklar va Germaniya poytaxti mehmonlari tashrif buyurdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q