Sport
Qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston ayollar jamoasi ajoyib gʻalabaga erishdi. Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Paola Pliyego va Fernanda Errera toʻrtligidan iborat jamoa final jangida yaponiyalik raqiblarini 45:42 hisobida magʻlubiyatga uchratib, Osiyo Oʻyinlari chempioniga aylandi.
Chorakfinalda Singapurga qarshi bahs olib borgan terma jamoa 45:32 hisobida gʻalaba qozonib, yarimfinalga yoʻl olgandi. Final yoʻllanmasi uchun kurashda esa vakillarimiz mezbonlar ustidan 45:43 hisobida gʻalaba qozondi.
Bu Oʻzbekiston uchun qilichbozlik sportida Osiyo Oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan birinchi oltin medal hisoblanadi.
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110823
Jamiyat
94464
Jamiyat
90385
Jamiyat
74297
Jamiyat
//
Izoh yo‘q