Mirzo Ulugʻbek tumanining ayrim hududlarida 3 kunga issiq suv oʻchiriladi

Saqlash
14:55 / 29.09.2023 2049 0

Poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

Xabarga koʻra, 2-IM “Qorasu” qozonxonasida 800 mm quvur liniyasini oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borilishi sababli 3-oktabrdan 6-oktabrgacha boʻlgan davrda quyidagi hududlarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6, Boʻz-2, Feruza dahalari;
Doʻrmon yoʻli, Mingbuloq, Tohir Malik, Soʻfizoda, Mirzo Ulugʻbek va Shoʻrtepa koʻchalari.

Taʼmirlash ishlari tugallanib, 2-IM qozonxonasi ishga tushirilishi bilan (7-oktyabr ertalab) issiq suv taʼminoti qayta tiklanishi maʼlum qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//