Sport
Hangjou shahrida oʻtayotgan Osiyo Oʻyinlarida Temur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi nimchorakfinalda Indoneziyani 2:0 hisobida magʻlub etdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qoʻshimcha boʻlimlarning dastlabkisi boshlanganidan 2 daqiqa oʻtib, Jasur Jaloliddinovning uzatmasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan Sherzod Esonov hisobni ochdi, 120-daqiqada esa Esonov dublga erishdi.
Shu tariqa Oʻzbekiston chorakfinalga yoʻl oldi. Jamoa bu bosqichda Saudiya Arabistoni – Hindiston uchrashuvi gʻolibiga qarshi maydonga tushadi. 1/4 final oʻyini 1-oktabr sanasiga belgilangan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q