
Jamiyat
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga elektropoyezdlarning qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
29-sentabr kuni 780/779-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent yoʻnalishida Afrosiyob elektropoyezdining qoʻshimcha 1 ta reys harakati yoʻlga qoʻyildi:
Toshkentdan yoʻlga chiqish 07:00 da, Qarshiga yetib borish 10:21 da.
Qarshidan yoʻlga chiqish 15:25 da, Toshkentga yetib borish 18:50 da.
30-sentabrdan va 1−2-oktabrgacha 767/768-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida ham Afrosiyob elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi:
Samarqanddan yoʻlga chiqish 11:09 da Toshkentga yetib borish 13:18 da
Toshkentdan yoʻlga chiqish 13:41 — Samarqandga yetib borish 15:48 da.
Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin, deyiladi xabarda.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q