Jamiyat
28-sentabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir boʻldi, deb xabar bermoqda FVV.
Soat 02:43 da yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 16 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa roʻy bergan hududga yetib borgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda kuchli portlash ovozini eshitish mumkin. Yaqin atrofdagi xonadonlarga zarar yetgan. Savdo va boshqa markazlar jiddiy zarar koʻrgan. Xonadonlarga tez yordam mashinalari yetib borgan.
FVV hodisa “Samolyot qulashi oqibatida sodir boʻlgan” mazmunidagi xabarlarni rad etdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, portlash oqibatida jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filialiga olib kelingan.
Hozirga qadar ular orasida oʻta ogʻir tan jarohati olganlar yoʻq. Ayni paytda shifokorlar tomonidan jabrlanganlarga barcha kerakli tibbiy yordam koʻrsatilmoqda, deyiladi xabarda.
Davolash muassasalarida tezkor tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifokorlar va barcha zarur dori-darmon zaxirasi yaratilgani taʼkidlandi.
Yongʻin oqibatida voqea joyi va uning atrofidagi xonadonlarda jarohatlanganlarga ham shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilmoqda, deyiladi vazirlik bayonotida.
Sergeli tumani Jinoyat qidiruv boʻlimiga koʻra, portlash sabablari hozircha aniqlanmagan. Yongʻin hali ham oʻchirib boʻlingani yoʻq.
Jabrlanganlar va shikast yetgan transport vositalari soni aniqlanmoqda.
FVV bergan yangi maʼlumotga koʻra, xodimlar tomonidan yongʻinni oʻchirish ishlari davom etmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Yongʻin soat 05:02 da qurshab olingan.
Yongʻin maydoni qisqartirilib borilmoqda. Voqea joyida dastlabki daqiqalardan boshlab FVV rahbariyati hamda kuch va vositalari, shuningdek, tegishli tashkilotlar xodimlari ish olib bormoqda. Yongʻin kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda. Voqea joyida FVV rahbarligida shtab tashkil etilgan, deyiladi xabarda.
Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga taʼsir qilmadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Voqea poytaxt aeroporti faoliyatiga taʼsir koʻrsatmagan, “Toshkent” xalqaro aeroporti cheklovlarsiz odatiy rejimda ishlamoqda.
Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov yetib borgan. Hokim Quruvchi massividagi portlashdan jabrlangan uylarning egalariga zararlari qoplab berilishini maʼlum qildi.
“Moddiy zarar qoplab beriladi. Biz bu masalani 2-3 kun ichida hal qilamiz”, degan voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q