Jamiyat
Mittivine taxallusi bilan ijod qilgan bloger Farhod Mannopov vafoti boʻyicha jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Bu haqda “Gazeta.uz” Bosh prokuraturaga tayanib, xabar berdi.
Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan ayb eʼlon qilingan.
Eslatib oʻtamiz, 2-mart kuni Farhod Mannopov basseynda suzish chogʻida boshi va burnidan jarohat olgani aks etgan video paydo boʻlgandi. Shundan soʻng u Star Med Centerʼda operatsiya qilingan, biroq u komaga tushib, 5-mart kuni vafot etgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi 12-mart kuni Star Med markazi tekshiruvlar davom etayotgani sababli faoliyatini vaqtincha toʻxtatganini maʼlum qilgan. Keyinroq SSV Mannopovga tibbiy xizmat koʻrsatish chogʻida maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda koʻrsatilgan bir qator litsenziyalash talablari va shartlari buzilgani haqida xabar bergan.
Xususan, Star Med markazida anesteziolog-reanimatolog boʻlib ishlagan shifokor J.K.ning malaka toifasi boʻlmagani, yaʼni toifani tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagani aytilgan. Shuningdek, klinika plastik jarroh E.A.ga malakali toifaga ega boʻlmasa-da, tibbiy xizmat koʻrsatishiga ruxsat bergan. 28-aprel kuni vazirlik xususiy klinikaning litsenziyasini bekor qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilgan.
15-may kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida sudlanuvchining advokatining klinika mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi tugaguniga qadar ushbu ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida ogʻzaki iltimosnoma kiritilgan. Sud bu talabni qanoatlantirmagan va sud majlisi tomonlar vakillarining talablari qanoatlantirilgan holda boshqa kunga koʻchirilgan.
2-iyun kuni boʻlib oʻtgan soʻnggi majlisda sud Sogʻliqni saqlash vazirligining arizasini qanoatlantirgan va Star Med Center klinikasining (Omad plyus MCHJ) 2021-yil 16-fevraldagi tibbiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun berilgan litsenziyasini bekor qilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q