Jamiyat
Bu yilning oktabr oyi quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi.
“Oʻzgidromet”ga koʻra, oyning birinchi haftasida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab havo harorati 11-16 daraja atrofida boʻlgan salqinlik his etiladi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni 23-28 darajagacha, janubda baʼzi joylarda 30 darajagacha isitadi.
Keyinchalik oyning oxirigacha respublika hududi boʻyicha harorat kechalari 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 23-28 dan 13-18 darajagacha oʻzgarib turishi kutilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida oyning ikkinchi yarmida kechasi va ertalab havoda kuzgi sovuq va tuproqda 0-3 daraja sovuqqacha kuzatilishi mumkin. Bunday harorat oktyabr oyining iqlimiy meʼyoriga yaqindir.
Oktabr oyida yomgʻirlar birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻn kunlikning oxirlarida kutilmoqda. Iqlimiy meʼyorlarga koʻra, Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik oktabr oyida 4 kundan 8 kungacha, respublikaning eng chekka janubida 1 kundan 3 kungacha kuzatiladi. Yogʻingarchilik asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi, ammo havoda keskin sovuq kuzatilganda yomgʻir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.
Tungi havo haroratining oʻrtacha koʻp yillik qiymati 6-11 daraja iliqni tashkil etadi, lekin koʻpincha oktyabrda, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.
Soʻnggi 30 yil ichida Oʻzbekistonning barcha hududi boʻyicha 2015-yilning oktabr oyi eng yomgʻir koʻp yogʻgan yil boʻldi. Ushbu yilda Toshkentda oktabr oyida yogʻingarchilik miqdori meʼyoridan 3,5-marta koʻp boʻldi, bunda ikki kunda 45 mm yogʻingarchilik boʻldi, bu oktabr oyining oylik meʼyoridan 2 marta koʻpdir.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q