Sport
Osiyo oʻyinlarida -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan taekvondochi Ulugʻbek Rashidov Oʻzbekiston jamoasiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.
U turnirdagi ishtirokini hongkonglik Lo Vay Fungni 14:1, 16:4 hisoblarida taslim etish bilan boshladi.
Chorakfinalda Taybey vakili Yi Jui Chiuga qarshi bahsda 13:0, 17:4 hisoblarida magʻlub etdi.
Yarimfinalda taekvondo vatani hisoblangan va turnirda ham eng koʻp medallar jamgʻarayotgan Janubiy Koreya jamoasi vakili Jin Hojun ustidan 16:9, 16:7 hisoblarida gʻalaba qozondi.
Finalda esa iordaniyalik Abdulkarim Zaidga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 14:6, 13:9.
Oʻzbekiston jamoasining yana bir vakili Feruza Sodiqova esa kumush medalga ega chiqdi.
Hozirda Oʻzbekiston jamoasi umumiy reytingda 4-oʻrinda bormoqda. Jamoa hisobida 6 oltin, 7 kumush, 11 bronza mavjud.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q