BYD Oʻzbekistonga elektrobuslar yetkazib beradi

Saqlash
16:41 / 27.09.2023 1245 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD kompaniyasi asoschisi hamda prezidenti Van Chuanfuni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Jizzax viloyatida BYDʼning gibrid va elektr avtomobillari ishlab chiqarilishini tez fursatda yoʻlga qoʻyish hamda keyingi bosqichlarda uning quvvatini 300 ming donaga yetkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanishicha, uchrashuvda mahsulot tannarxini kamaytirish uchun butlovchi va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish loyihalariga hamda avtomobillarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilishni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, BYD Oʻzbekistonga elektrobuslarini yetkazib berishi qayd etildi.

Elektrobuslarga xizmat koʻrsatish boʻyicha muhandislik-servis markazlarini ochish rejalari qoʻllab-quvvatlanishi bildirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//