Jamiyat
Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi oʻzbekistonlik xotin-qizlarni ogohlantirdi.
Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda vatandosh xotin-qizlarni Istanbul, Antaliya, Izmir, Bodrum va boshqa shaharlarga katta mablagʻ evaziga “konsomatris” (kons) ishlariga taklif etib reklamalar tarqatilayotgani kuzatilmoqda. Bunda paviyon (tungi kafe) xodimlari yosh qizlarni kelgan mijozlarga oshirilgan narxlarda ichimlik va oziq-ovqat oldirish uchun yollamoqda.
Mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanganlarga mahalliy politsiya tomonidan Turkiyadan chiqarib yuborilish chorasi koʻrilmoqda.
“Hurmatli opa-singillar! Konsomatris faoliyati bizning urf-odatimiz, milliy anʼanalarimiz va muqaddas dinimizga toʻgʻri kelmasligi hammamizga maʼlum.
Turkiya hududida huquqbuzarliklar ishtirokchisi boʻlib qolishingiz, jabr koʻrishingiz yoki aybdor boʻlib qolishingizning oldini olish maqsadida siz yashab turgan davlatning qonun-talablariga rioya qilishingizni, oʻzingiz va yaqinlaringiz hayoti hamda sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan joylar va shaxslardan yiroq boʻlishingizni tavsiya qilamiz.
Agar sizda shu kabi reklama tarqatayotganlar va konsomatrislikka jalb qilayotgan shaxslar haqida maʼlumot boʻlsa, konsulxonaga xabar berishingizni soʻraymiz”, — deyiladi murojaatda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q