Jamiyat
“Mahalla yettiligi” ishini birgalikda tashkil qilishda mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning oylik ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bundan tashqari, mahalla raisi “yettilik”ni ragʻbatlantirish yoki ularga intizomiy jazo choralarini tayinlash boʻyicha ularning yuqori idorasiga taqdimnoma kiritish vakolatiga ega boʻladi.
Yigʻilishda “mahalla yettiligi”ning vazifalarini aniq belgilash lozimligi qayd etildi. Bular:
mahalla raisi ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;
hokim yordamchisi ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish;
yoshlar yetakchisi yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;
xotin-qizlar faoli ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;
soliq xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish;
ijtimoiy xodim yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanishi lozim.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q