Jamiyat
Toshkentning ikki tumani — Bektemir va Uchtepa tumanlarida gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, taʼmirlash ishlari tufayli 27-sentabr kuni quyidagi isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Majnuntol” MFYdagi Rohat, Cheksaroy, Motrudiy, Bardankoʻl koʻchalari
Yerli xonadon soni — 1050 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 8 ta
Uchtepa tumani (11:00 dan 16:00 gacha): “Koʻksaroy” MFY
Yerli xonadon soni — 600 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 10 ta.
Shuningdek, Sergeli va Bektemir tumanlarida 27-sentabr kuni elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida ertaga, 27-sentabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
Sergeli tumani: “Habibiy” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: “Gulbogʻ” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q