Jamiyat
Aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidova rasman ogohlantirildi. Bu haqida “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidova “Million” ijodiy jamoasi konsert dasturida tashkilotchilarning eʼtiroziga qaramay, ochiq libosda sahna koʻrinishini taqdim etgan. Bu harakati bilan u konsert-tomosha faoliyati uchun berilgan litsenziya talab va shartlarini buzgan.
“Shu bois “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi masʼul xodimlari tomonidan aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidova bilan suhbat oʻtkazilib, bundan buyon litsenziya talab va shartlariga rioya qilishi, agarda shu kabi holat yana takrorlanadigan boʻlsa, unda qonuniy chora koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
Shuningdek, bu borada “Million” ijodiy jamoasi rahbari D.Kabulov bilan ham suhbat oʻtkazilib, jamoaning keyingi dasturlariga aktrisa N.Hamidovani jalb etmaslik masalasi koʻrib chiqilganini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111875
Jamiyat
94683
Jamiyat
90680
Jamiyat
75373
Jamiyat
//
Izoh yo‘q